Arteta: "Kerrik bilan MYu yangi g‘oyalarga ega bo‘ldi, uchrashuv qiyin bo‘ladi"

  • 24.01.2026 02:18
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Yakshanba kuni Angliya Premier-ligasida katta uchrashuv bo‘lib o‘tadi — "Arsenal" va "Manchester Yunayted" o‘zaro maydonga tushadi. London jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta raqib haqida fikr bildirdi.

— Kerrik kelgandan so‘ng ularda yangi g‘oyalar paydo bo‘ldi va o‘yin intensivligi oshdi. Bu Manchester derbisida ularning xulq-atvori va o‘yin uslubida ko‘rindi. Qiyin uchrashuvni kutib olmoqdamiz, lekin bunga moslashamiz. Uyimizda o‘ynaymiz va bu o‘yin qanchalik muhimligini yaxshi tushunamiz, — dedi Arteta matbuot anjumanida.

"Arsenal" va "Manchester Yunayted" o‘rtasidagi bahs 25 yanvar kuni soat 21:30'da boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, so‘nggi turda MYu "Manchester Siti"ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!