Arteta murabbiylik faoliyatidagi navbatdagi sovrinni qo‘lga kiritdi

  • 20.05.2026 01:40
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta o‘z faoliyatidagi yana bir muhim sovrin sohibi bo‘ldi.

Londondiklar “Manchester Siti”ning 37-turda “Bornmut”ni mag‘lub eta olmaganidan keyin APL chempionligini muddatidan avval ta’minladi.

Bu Arteta uchun murabbiy sifatidagi to‘rtinchi sovrin bo‘ldi. Ispaniyalik mutaxassis ushbu sovrinlarning barchasini “Arsenal” bilan qo‘lga kiritgan.

U 2019/20 mavsumda Angliya kubogida g‘olib chiqqan, shuningdek, 2020 va 2023 yillarda Angliya Superkubogini ham yutib olgan edi.

APL chempionligi esa Arteta uchun ham murabbiy, ham futbolchi sifatidagi ilk chempionlik bo‘ldi. U o‘yinchi sifatida “Arsenal” bilan ikki marta Angliya kubogi va ikki marta Superkubokda zafar quchgan.

Eslatib o‘tamiz, Mikel Arteta “Arsenal”ni 2019 yil dekabridan buyon boshqarib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!