Asosiy mazmunga oʻtish

Arteta nega Kepani asosiy tarkibda maydonga tushirganini izohladi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Arrisabalaga faqat kubok o'yinlarida maydonga tushmoqda

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta ispaniyalik darvozabon Kepa Arrisabalaganing Angliya Liga kubogi finaliga asosiy tarkibda maydonga chiqishini izohladi. "Kanonirlar" "Manchester Siti"ga 0:2 hisobida yutqazdi. Kepa uchrashuvdagi birinchi golda xatoga yo‘l qo‘ydi. Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Arrisabalaga faqat kubok o‘yinlarida maydonga tushmoqda.

"Men o‘yindan oldin uning mavsum davomida qanday o‘ynagani va ushbu turnirdagi hissasiga tayanib qaror qildim - u bizga hozirgi holatimizga tushishga yordam berdi. Boshqa futbolchini tanlash adolatsizlik bo‘lardi", - deya Artetaning so‘zlarini keltiradi BBC.

60-daqiqada Kepaning xatosidan foydalangan "shaharliklar" himoyachisi Niko O'Rayli hisobni ochdi. "Arsenal" darvozaboni Rayan Sherkining o‘ng qanotdan uzatgan to‘pini ushlab ololmadi - to‘p darvozadan yugurib chiqqan darvozabonning qo‘lqoplari ustidan sirpanib, darvozaxonaga tushdi. U yerdan O'Rayli uni boshi bilan to‘rga uloqtirdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q