Arteta: "Saka o‘ynamaydi, Saliba masalasi esa ochiq"
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jarohat olgan Saka va Salibaning holati haqida gapirdi.
"Saka o‘ynamaydi. U hali safga qaytgani yo‘q va imkoni boricha tezroq qaytishga harakat qilyapti. Biz bu jarayonga hurmat bilan yondoshishimiz kerak.
Saliba va Uayt bugun mashg‘ulotda qatnashishdi. Salibaning maydonga qaytgani juda yaxshi xabar. Ammo uni ertaga o‘yinga tushirish yoki tushirmaslik borasida hali qaror chiqarishimiz kerak", – dedi Arteta matbuot anjumanida.
Ma’lumot o‘rnida, Angliya chempionati doirasidagi "Arsenal" – "Nottingem Forest" bahsi 13 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 16:30 da start oladi.
Eslatib o‘tamiz, "kanonirlar" 3 turdan keyin 6 ochko jamg‘argan holda, 3-o‘rinda bormoqda.



Fikrlar