Arteta: Sen har bir oʻyinda 2-3 ta gol urishing kerak
«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa vingeri Bukayo Saka o‘z o‘yinini yangi bosqichga olib chiqishi uchun har bir uchrashuvda ikki yoki uchta gol urishga intilishi kerakligini aytdi.
25 yoshli Saka o‘tgan dam olish kunlari «Lids»ga qarshi o‘yindagi harakatlari uchun tanqidga uchradi. Shunga qaramay, u joriy mavsumda Angliya Premier-ligasida uchta gol urib, «Arsenal»ning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.
Saka uchun eng sermahsul mavsum 2023/24 yildgi mavsum bo‘lgan. U o‘shanda barcha musobaqalarda 20 ta gol urgan, shundan 16 tasini Premier-ligada kiritgan.
Artetadan Saka yana 20 ta gol urishni maqsad qilishi kerakmi, deb so‘rashdi. Murabbiy esa futbolchi oldiga bundan ham kattaroq maqsad qo‘yishi lozimligini ta’kidladi.
«Yo‘q, menimcha, u har bir o‘yinda ikki-uchta gol urishga intilishi kerak. Bunday fikrlash tarzi zarur. Agar oxirida bitta golursa ham, mayli. Ikkita golursa ham, mayli. Chunki u turli usullarda gol urish qobiliyatiga ega.
Menimcha, bu barcha hujumkor futbolchilarga tegishli. Sen doimo o‘z oldingga qo‘ygan maqsad sari intilishing kerak. Agar 20 ta gol urishni maqsad qilsang, “Hozir oktyabr, oldimda yana sakkiz oy bor, demak, yana 17 ta gol urishim kerak”, deb o‘ylaysan.
Bunday fikrlash tarzi kerak emas. U seni maqsadingga olib bormaydi.
Uning ishlari yaxshi ketmoqda. Hozirgacha u bemalol yana to‘rt-beshta gol urishi mumkin edi. Agar shu sur’atda davom etsa, yana ko‘p gol uradi.
Gollar soni haqida gapirganimizda, u har bir o‘yinda muayyan miqdorda gol urishni maqsad qilishi kerak. Agar uning fikrlash tarzi o‘zgarsa va u shunday yondashuvga ega bo‘lsa, gol urish uchun qulay vaziyatlarga ko‘proq chiqadi va ko‘proq gol uradi», — deya Artetaning so‘zlarini keltiradi Evening Standard.

Fikrlar