
Arteta shogirdlari 11 ta bahsning bor-yo‘g‘i bittasida mag‘lub bo‘lishdi (FOTO)
"Arsenal" safarda Evropa Ligasi 1/16 final bosqichining dastlabki uchrashuvi doirasida "Olimpiakos" (1:0) ga qarshi bahs olib borib, Lakazett tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga zafar quchdi.
Shu tariqa, London klubi mag‘lubiyatsiz seriyasini 9 ta bellashuvga etkazib qo‘ydi.
Jamoaga Mikel Arteta bosh murabbiy bo‘lganidan so‘ng, "Arsenal" 11 ta o‘yin o‘tkazdi va bor-yo‘g‘i bir marta yutqazdi. Ushbu mag‘lubiyat "Chelsi" (1:2) ga qarshi dekabrda o‘tkazilgan bahsda qayd etilgandi.
Fikrlar