Arteta Tomas Frankni qoʻllab-quvvatladi: "Natija boʻlmasa, ishni davom ettirish qiyin"

  • 11.02.2026 22:53
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Tottenxem" tomonidan ishdan bo‘shatilgan Tomas Frank haqida fikr bildirdi.

"Hamkasbing ishini davom ettira olmasligi haqidagi yangiliklar har doim juda achinarli. Chunki Tomas — ajoyib murabbiy, zo‘r inson va buni APLda allaqachon isbotlagan.

Ammo biz o‘z holatimizni yaxshi bilamiz. Biz faqat o‘yin uchun emas, natija uchun ham javobgarmiz. Natijalar taqdirimizni belgilaydi. Ko‘p g‘alaba qozonish kerak, chunki oxir-oqibat agar bunday bo‘lmasa, ishingni davom ettira olmaysan — kasbimiz haqiqat shu.

Har bir klubda vaziyat turlicha, ammo doim sabr-toqat masalasi bor. Men faqat Frank haqida va murabbiy sifatida bilganlarim haqida gapira olaman. U bilan ko‘p bor to‘qnash kelganman, u jamoalarini qanday tayyorlashini va "Brentford"da nimlarga erishganini bilaman. Yoki mavsumoldi yig‘inida "Tottenxem"ga qarshi o‘ynaganimizda jamoasi qanday ko‘ringanini eslayman — u katta taassurot qoldirgan.

Ammo bu ligada raqobat juda yuqori. Barchamiz xavf ostidamiz, chunki istalgan raqib istalgan payt seni mag‘lub etishi mumkin. Bu bilan kurashish oson emas", — dedi "Arsenal" bosh murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!