Arteta Julian Alvares haqidagi savolga javobdan qochdi
- Bilolbek Imomov
- 0
- Futbol
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Madriddning "Atletiko" jamoasi hujumchisi Julian Alvaresning ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi.
Bugun "to‘pchilar" Chempionlar ligasi yarim finali ilk bahsi doirasida Ispaniya poytaxtida "matraschilar" mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlar Artetadan Alvaresga qiziqish haqida so‘rashdi.
Ispaniyalik mutaxassis bu savolga aniq javob berishdan tiyildi.
"Bilasiz, men boshqa klub futbolchilari haqida gapirmayman va buni muhokama qilishga majbur ham emasman", — dedi Arteta.
Ma’lumotlarga ko‘ra, argentinalik forvardga asosiy da’vog‘ar sifatida 'Barselona" ko‘rilmoqda.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q