Artur Beterbiev amerikalik boks yulduzi bilan jang qilmoqchi
Boks bo‘yicha sobiq mutlaq jahon chempioni Artur Beterbiev va 79,4 kg vaznda WBC chempioni Devid Benavides o‘zaro jangga og‘zaki rozilik berishdi. Bu haqda "Source of Boxing" nashri xabar bermoqda.
"Men Benavides bilan jang qilmoqchiman", - dedi Beterbiev.
"Men ham sen bilan ringga chiqishga roziman, do‘stim," - deb yozdi Benavides rossiyalikning ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarida.
Ma’lumot uchun, Beterbiev professional sifatidagi debyutini 2013 yilda o‘tkazib, 2024 yilda mutlaq chempioniga aylangandi. Fevral oyida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Artur faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini Dmitriy Bivoldan qabul qilib oldi. Benavides esa 2013 yil prof ringda debyut qilib, ikkinchi o‘rta vazn toifasida (76,2 kg) ikki marta jahon chempioni bo‘lgandi.
Fikrlar