
Artur Beterbiev MMA da o‘zini sinab ko‘rmoqchimi?
Yarim og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni Artur Beterbiev kelajakdagi rejalari haqida gapirdi.
"Kareramni davom ettiraman. Lekin MMA da emas. Chunki buni shunchaki xohlamayman. Iltimos, Islam Maxachev bilan sparring tushishimni ham kutmang", - dedi bokschi.
Eslatib o‘tamiz, 13 oktyabr kuni Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan katta boks oqshomida Artur Beterbiev ochkolar bo‘yicha Dmitriy Bivolni mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Fikrlar