Asosiy mazmunga oʻtish

Artur Beterbiev: "O‘qish va sport raqib emas, balki ittifoqdoshdir!"

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

40 yoshli bokschi Artur yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan maktab o‘quvchilari va talabalarga murojaat yo‘lladi.

40 yoshli sobiq mutlaq jahon chempioni, rossiyalik bokschi Artur Beterbiev 2 sentyabr — yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan maktab o‘quvchilari va talabalarga murojaat yo‘lladi.

"2 sentyabr – kitob va daftarlarni yana ochish vaqti. Barcha yosh muxlislarimga aytaman: o‘qish va sport raqib emas, balki ittifoqdosh. Ilm intizomni shakllantiradi, keng fikrlashni va to‘g‘ri qaror qabul qilishni o‘rgatadi. Sport esa xarakterni mustahkamlaydi, mehnat qilishga va zarbalarni ko‘tara olishga o‘rgatadi. Olimlar ham isbotlagan: yomon o‘quvchilar sportda katta muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Shuning uchun to‘g‘ri yo‘l — maktabda ham, sportda ham o‘z ustida tinmay ishlashdir. Barcha o‘quvchi va talabalarga omad tilayman!" — dedi rossiyalik o‘zining telegram-kanali orqali.

Eslatib o‘tamiz, Artur Beterbiev (21-1, 20 KO) 22 noyabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Deon Nikolson(22-1, 18 KO)ga qarshi ringga ko‘tariladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q