Artur Beterbiev va Deon Nikolson jangi bekor qilindi

  • 11.10.2025 17:10
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Sobiq mutlaq jahon chempioni Artur Beterbiev va amerikalik Deon Nikolson o‘rtasidagi 22 noyabrga rejalashtirilgan jang bekor qilindi. Bu haqda Nikolson o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar bermoqda.

“Hozirgina Artur Beterbiev bilan jangim bekor bo‘lganini bildim. Yaqin orada boshqa raqib haqidagi ma’lumotni olaman, degan umiddaman. Mashg‘ulotlarni davom ettiryapman. Artur bilan, ehtimol, keyingi safar yo‘llarimiz kesishar...” — deb yozdi Nikolson o‘z sahifasida.

Ma’lumot uchun, Artur Beterbiev professional boksda yirik muvaffaqiyatlarga erishgan sobiq mutlaq jahon chempioni sanaladi. U faoliyati davomida IBF (2017–2025), WBC (2019–2025), WBO (2022–2025), WBA (2024–2025) va The Ring (2024–2025) kamarlarini qo‘lga kiritgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!