Artur Beterbiev va Dmitriy Bivol oʻrtasida trilogiya tashkil etiladimi?
79,4 kg vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni Artur Beterbiev vatandoshi Dmitriy Bivol bilan trilogiya haqida gapirdi.
"Uchinchi jang o‘tkazilishiga ishonaman, chunki Turki Al ash-Sheyx bu haqida aytgan edi. Lekin mazkur bahs qaerda o‘tishini bilmayman. Agar ushbu to‘qnashuv Rossiyada tashkil etilsa, juda yaxshi bo‘lardi", – dedi rossiyalik "Chempionat.som" muxbiri Aleksandr Frolov bilan suhbatda.
Ma’lumot uchun, Artur Beterbiev revanshda Dmitriy Bivoldan hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lubiyatga uchragan edi.
Fikrlar