Artur Chempionlar ligasida "Barselona"ga yordam berishni xohlamayapti

  • 28.06.2020 18:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Barselona"ning braziliyalik yarim himoyachisi Artur Ramos klub rahbariyatidan mavsum yakunlangach. o‘zini "Yuventus"ga qo‘yib yuborishlarini so‘ragan. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira o‘z tvitter sahifasida xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Artur avgustda davom ettiriladigan Chempionlar ligasida “Barsa” sharafini himoya qilmoqchi emas. U tezroq Turinga borib, “Yuventus”ning asosiy tarkibiga kirishga harakat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” Artur evaziga “Barselona”ga Miralem Pyanich va yana 10 mln evro to‘lamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!