Artur Guliyev jahon chempionatlaridagi to‘rtinchi medaliga ega chiqdi
Polshaning Poznan shahrida o'tayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi dastlabki medalini qo'lga kiritdi.
200 metr masofaga kechgan yakkalik kanoechilar bahsida hamyurtimiz Artur Guliev marraga ikkinchi bo'lib keldi va kumush medalga sazovor bo'ldi.
Ma'lumot uchun, Guliev hisobida bungacha dunyo birinchiliklarining 2 ta oltin va 1 ta bronza medallari mavjud edi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar