Arveladze jamoasining g‘alabasiz seriyasiga chek qo‘ydi
Kecha Angliya Chempionshipning navbatdagi turi o‘tkazildi. Shota Avreladze bosh murabbiylik qilayotgan “Xall Siti” bu safar mehmonda “Piterboro Yunayted” bilan kuch sinashdi.
Shuni aytish kerakki, Shota Yustinovich jamoasi bundan avval o‘z maydonida “Barnsli”ga 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi. Aftidan, o‘sha o‘yindagi bor alamini “Piterboro” bilan uchrashuvda olgan ko‘rinadi.
Avvaliga Tayler Smit 25-daqiqada hisobni ochdi. 51 hamda 70-daqiqalarda Kin Lyuis-Potterning dubli evaziga hisob 0:3 ko‘rinishiga keldi. Aynan mazkur natija bilan “Xall Siti” safardan uch ochko bilan qaytdi.
Shunday qilib, bu jamoa 5 ta o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyasiga chek qo‘ydi. Yodingizda bo‘lsa, Shota Yutsinovich, "Xall Siti"dagi debyut o‘yinida "Suonsi" ustidan 2:0 hisobida zafar quchgandi. Shundan beri uning jamoasi durang va mag‘lubiyatga uchrab kelayotgandi.
Arveladze Angliyada ish boshlaganidan beri ilk bor mehmonda g‘alaba qozonishga erishdi. Endi uning jamoasi navbatdagi uchrashuvni 5 mart kuni o‘z maydonida “Vest Bromvich”ga qarshi o‘tkazadi.
Hozirga qadar “Xall Siti” Shota Arveladze boshchiligadi 2 ta g‘alaba, 2 ta durang va 4 bor mag‘lubiyatga uchradi.



Fikrlar