Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev finalga yo‘l oldi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Raqibning jarohati sababli bahs o‘tkazilmadi.

Xabaringiz bor, Angliyaning Liverpul shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirib keldi. Bugun musobaqa doirasida 7 nafar bokschimiz ishtirok etishi belgilangan.

-65 kg vaznda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan yarim final bahsi, gruziyalik Lasha Gurulining jarohati sababli o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Demak, ertaga final Asadxo‘ja va braziliyalik Yuri Reis o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar beryapti.

Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir hamyuritimiz Javohir Ummataliev va Gabriel Veochich (Xorvatiya) jangi kutmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q