Asaubayeva Sindarov bilan munosabatlari tarixini ochdi
Qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisara Asaubaeva o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov bilan munosabatlariga oid yangi tafsilotni ochiqlandi, deb xabar bermoqda Sports.kz.
Asaubaeva o‘zining telegram-kanalida obunachilardan biri bergan savolga javob qaytardi. Undan Sindarov bilan qay vaqtdan beri uchrashib yurishi haqida so‘rashgan. Shaxmatchi aniq sanani aytmadi, ammo qiziq ishora berib o‘tdi.
— Agar sir bo‘lmasa, Javohir bilan qay paytdan beri uchrashib yuribsiz?
— O‘ylaymanki, aniq vaqtni bir kuni albatta aytaman. Lekin da’vogarlar turniridan keyin juda ko‘p xabarlar ko‘rdim: kimdir men u bilan Gran-pridan keyin tanishganman, deb o‘ylagan, yana kimdir esa, bundan ham hazilroq qilib, g‘oya da’vogarlar turniri davrida (2026 yil bahori) munosabat boshlangan, deb yozgan. Faqat bitta narsani ayta olaman: o‘shanda uning reytingi hali 2700 ga yetmagandi.
Shu tarzda, qozog‘istonlik sportchining so‘zlaridan ma’lum bo‘lishicha, u Sindarov bilan muloqotni grossmeysternig reytingi 2700 chegarasidan oshishidan ancha oldin boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik grossmeyster ilk bor Elo reytingidagi 2700 pog‘onasini 2023 yilning oxirida zabt etgan. Bu natijaga u noyabr oyida o‘tkazilgan FIDE Grand Swiss (Katta Shveytsariya turniri) musobaqasidagi muvaffaqiyatli ishtirokidan so‘ng erishgan. Ushbu turnirda Sindarov 8-o‘rinni egallab, bir qator yetakchi shaxmatchilarni mag‘lub etgan. FIDEning rasmiy reyting ro‘yxatlarida 2701 ko‘rsatkich 2023 yil dekabrida qayd etilgan.

Fikrlar