Asensio APLga qaytishni istayapti

  • 22 avgust, 13:53
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ yarim himoyachisi Marko Asensio "Aston Villa"ga qaytishni istamoqda. Bu haqda "The Athletic" nashri xabar berdi.

Tecno

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Asensio "sherlar" jamoasida doimiy ravishda o‘ynashni rejalashtirmoqda. Hozirda futbolchining agenti Jorje Mendesh ushbu transferni amalga oshirish ustida ish olib boryapti. 

O‘tgan mavsumning ikkinchi davrasida ispaniyalik hujumchi Unai Emeri qo‘l ostida ijara asosida harakat qilgan edi. 29 yoshli hujumchi Angliya klubi safida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol kiritgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun, hozirda futbolchining "Transfermarkt" portalidagi narxi 20 million evro etib belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!