Asensio "Pachuka"ga qarshi o‘yinda olgan qizil kartochkasiga munosabat bildirdi
"Real Madrid" markaziy himoyachisi Raul Asensio Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida "Pachuka"ga qarshi guruh bosqichi uchrashuvida (3:1) olgan qizil kartochkasiga munosabat bildirdi. Ispaniyalik futbolchi turnirni omadsiz boshlagani uchun afsusda, ammo o‘z o‘yinini yaxshilashga umid qilmoqda.
"Bu musobaqani o‘zim xohlaganchalik boshlay olmadim, lekin vaziyatni o‘zgartirishimga ishonchim komil. Endi iloji boricha yanada ko‘proq ishlash va o‘sishda davom etish vaqti keldi. Yuborgan barcha xabarlaringiz uchun rahmat," – deb yozdi Asensio o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Asensio o‘yinning atigi 7-daqiqasida maydondan chetlatilgan edi. Shunga qaramay, "Real" son jihatdan kamlikda qolgan bo‘lsa ham, g‘alabani qo‘lga kiritdi. Jamoa safida Jud Bellingem, Arda Gyuler va Federiko Valverde gol muallifi bo‘lishdi. Himoyachi 27 iyun kuni "Red Bull Zaltsburg"ga qarshi o‘ynaladigan 3-tur uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.

Fikrlar