
Asensio "Real"da qolishi mumkin
"Real" futbolchisi Marko Asensio klubi bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunida tugaydi. Uning jamoadagi kelajagi so‘roq ostida qolmoqda.
"Marca" nashrining xabar berishicha, Madrid klubi ispaniyalik vinger bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar o‘tkazmoqchi. Bitim 2027 yilgacha amal qilishi ko‘zda tutilgan.
Asensio "Barsa"ga o‘tishi ham mumkin. 26 yoshli futbolchining agenti Kataloniya jamoasi bilan muzokaralar o‘tkazayotgani haqida mish-mishlar mavjud.
Fikrlar