Ashurmatov eronlik muxlislarga murojaat qildi

  • 13.03.2026 23:56
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Eron chempionati mamlakatdagi siyosiy vaziyat sabab vaqtincha to‘xtatildi. Ayni paytda Eron klublarida 5 nafar o‘zbekistonlik futbolchi faoliyat olib bormoqda.

"Istiqlol" jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgan Rustam Ashurmatov muxlislarga murojaat bilan chiqdi.

" Salom, "Istiqlol" oilasi! Umid qilamanki, hammaningiz yaxshi va xavfsiz holatdasiz. O‘zingizga va oilangizga ehtiyot bo‘ling. Men har doim sizlar bilanman.

Hozirda Jahon chempionati va milliy terma jamoa o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘ryapman. Chempionat o‘yinlariga qaytishga tayyorman.

Barchangizga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman. Kuchli bo‘ling!", — dedi himoyachi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!