“Asian Boxing” va O‘zbekiston boks federatsiyasi o‘rtasida o‘zaro bitim imzolandi
"Asian Boxing” tashkiloti prezidenti Pichai Chunhavazhira tashrif buyurgani va mamlakatimizda ilk bora tashkil etilayotgan Osiyo Olimpiya kengashi 46-Bosh Assambleyasida ishtirok etishi borasida xabar bergan edik.
Janob Chunhavazhira Oʻzbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari, “Asian Boxing” tashkiloti vitse-prezidenti Saken Polatov bilan uchrashdi. Uchrashuv mobaynida “Asian Boxing” va Oʻzbekiston boks federatsiyasi oʻrtasida oʻzaro bitim imzolandi.
Memorandumga koʻra, Oʻzbekistonning har bir viloyatida alohida boks maktabini tanlab olib, zamonaviy va samarali yoʻnalishda ish olib borilishi, xorijlik murabbiylar va mutaxassislarni jalb etishga koʻmaklashish, qolaversa sportchilar, hakamlar va mutaxassislar uchun xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini tashkil qilish borasida hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek yana bir qator dolzarb va qilinishi kerak boʻlgan vazifalar yuzasidan kelishib olindi. Bu haqida Oʻzbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar