Asilbek Aliev: "Men aybdor ekanimni tan olaman va bundan afsusdaman"

  • 19.11.2025 00:36
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi futbolchisi Asilbek Aliev ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qilib, barchadan uzr so‘radi. 
 
"Men aybdor ekanimni tan olaman va bundan chin dildan afsusdaman. Iltimos, meni tushunishga harakat qilinglar va kechiringlar", - deya yozib qoldirdi yosh iste’dod egasi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, Aliev o‘smirlar o‘rtasida o‘tayotgan Jahon chempionatining pley-off bosqichidagi Italiyaga qarshi uchrashuvda qizil kartochka olib maydonni tark etgan edi. Ushbu voqeadan so‘ng Islombek Ismoilov o‘z shogirdining bu harakatidan norozi bo‘lib, futbolchini koyib bergandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!