Asilbek Jalilov shiddatli kechgan bahsda ajoyib g‘alabaga erishdi

  • 06.12.2025 18:46
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida erkaklar o‘rtasida Jahon chempionati o‘tkazilmoqda.

-54 kg vaznda bokschimiz Asilbek Jalilov hamda Turkiya vakili Sadai Axiskali o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Shiddatli va murosasiz kechgan bahsda charm qo‘lqop ustamiz hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir hamyurtimiz Fazliddin Erkinboev va Sirgak Abdijapar uulu (Qirg‘iz Respublikasi) qarama-qarshiligi kutib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!