"Аston Villa" Barnsni asosiy transfer maqsadi qilib belgiladi

  • 08.06.2026 16:05
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Nyukasl" vingeri Xarvi Barns yozgi transfer oynasida klubini oʻzgartirishi mumkin.

"Football Insider" maʼlumotiga koʻra, 28 yoshli futbolchi "Aston Villa"ning asosiy transfer maqsadi hisoblanadi. Birmingemliklar Chempionlar ligasiga qaytish oldidan tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Manbaga koʻra, "Nyukasl" oʻz futbolchisi uchun 40 million evrodan 52 million evrogacha mablagʻ talab qilishi mumkin.

Barns oʻtgan mavsum barcha musobaqalarda 57 ta uchrashuvda ishtirok etib, 16 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma muallifi boʻldi.

Futbolchining "Nyukasl" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning oʻrtalariga qadar moʻljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!