"Aston Villa" "Chelsi" hujumchisi bo‘yicha muzokara boshladi
«Aston Villa» klubi «Chelsi» hujumchisi Nikolas Jekson transferi bo‘yicha londonliklar bilan muzokara boshlagani xabar qilinmoqda.
Insayder Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, birmingemliklar bosh murabbiyi Unay Emeri futbolchini «Vilyarreal»da birga ishlagan davridan yaxshi biladi va uni o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. Shu bilan birga, Jeksonning maoshi juda yuqori deb baholanmoqda, «Chelsi» tomonidan so‘ralayotgan transfer puli esa talabdan ortiq, deb hisoblanyapti.
Nikolas Jekson 2023 yil yozidan buyon «Chelsi» sharafini himoya qilib kelmoqda. U jamoa tarkibida 81 ta o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol urgan va 12 ta golli pas bergan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilgacha mo‘ljallangan, uning bozor qiymati esa taxminan 40 million yevro atrofida baholanmoqda.

Fikrlar