«Aston Villa» Lindelöf bilan shartnomani uzaytirmoqchi
«Aston Villa» Viktor Lindelöf bilan shartnomani kamida 2028 yil yozigacha uzaytirishga kelishib oldi
«Aston Villa» shvetsiyalik himoyachi Viktor Lindelöf bilan shartnomani kamida bir yilga uzaytirishga qaror qildi. Bu haqida Sportbladet nashri Angliyaning bir nechta mustaqil manbalariga tayanib xabar berdi.
32 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi. Nashr ma'lumotlariga ko'ra, tomonlar yaqin vaqt ichida yangi kelishuvga erishishi kutilmoqda. Biroq bu haqdagi rasmiy e'lon biroz kechikishi mumkin.
Lindelöf bir yildan sal ko'proq vaqt oldin «Manchester Yunayted»dagi sakkiz mavsumdan keyin «Aston Villa»ga o'tgan edi. U o'tgan mavsumda jamoa bilan Yevropa ligasida g'olib chiqdi.
Himoyachining muvaffaqiyatli o'yinlari joriy mavsumda ham davom etmoqda. U APLdagi «Aston Villa»ning sakkizta uchrashuvini ham asosiy tarkibda boshladi.
Transfermarkt portali Lindelöfning transfer qiymatini 5 million yevro deb baholamoqda. Shartnoma uzaytirilsa, shvetsiyalik futbolchi klubda kamida 2028 yilning yoziga qadar qoladi.

Izohlar (0)