"Аston Villa" ochko yo‘qotdi, "Manchester Yunayted" yaqinlashdi
Shanba oqshomida ">Aston Villa" safarda "Bornmut" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi va g‘alabani saqlab qola olmadi.
Shu tariqa, Unai Emeri jamoasi 47 ochko bilan uchinchi o‘rinda qolmoqda. Qiziqishi shundaki, shu kuni "Tottenxem"ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan "Manchester Yunayted" Birmingemliklarga uch ochkolik farqqacha yaqinlashdi. Mankunianliklar hisobida 44 ochko bor.
"Manchester Siti"da ham 47 ochko mavjud, biroq "shaharliklar" 8 fevral, yakshanba kuni o‘z ochkolarini ko‘paytirish imkoniga ega. Xosep Gvardiola shogirdlari oltinchi o‘rindagi "Liverpul"ga qarshi maydonga tushadi.
Ayni paytda APL peshqadami — 56 ochko bilan "Arsenal".
Fikrlar