
"Atalanta" safarda "Benevento" darvozasiga 4 ta gol urdi (video)
Italiya A Seriyasining 17-turida “Atalanta” safarda “Benevento” mehmoni bo‘ldi.
Gollarga boy kechgan o‘yin 1:4 hisobida bergamoliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. “Atalanta”ga g‘alaba keltirgan gollarga Yosip Ilichich (30'), Rafael Toloy (69'), Duvan Sapata (71') va Luis Muriel (86') mualliflik qildi. “Benevento”ning yagona javob golini Marko Sau (50') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar