“Atletiko” bilan ziddiyatga borgan Al’vares kutilmagan qarorga keldi
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Julian Alvares jamoada qolishga qaror qildi, deb xabar berdi jurnalist va insayder Belen Sanches Garsiya X ijtimoiy tarmog‘ida.
Manbaga ko‘ra, argentinalik hujumchi “Arsenal”ning taklifini rad etgan, shuningdek, boshqa bir qator klublarning takliflariga ham rozi bo‘lmagan.
Avvalroq Alvares “Atletiko” rahbariyatidan o‘zini “Barselona”ga qo‘yib yuborishni so‘ragani xabar qilingan edi. Biroq madridliklar kataloniyaliklar bilan muzokara olib borishdan bosh tortgan.
O‘tgan mavsumda Alvares “Atletiko” tarkibida 49 ta o‘yinda 20 ta gol urgan va 9 ta golli uzatma bergan.
Avvalroq argentinalik futbolchi joriy yozda “Atletiko”ni tark eta olmasligini qabul qilgani va jamoaning boshqa a’zolari bilan birga mashg‘ulotlarga qaytgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar