"Atletiko" braziliyalik futbolchi uchun 46 million yevro tayyorlamoqda

  • 25.04.2026 15:43
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Vulverxempton" yarim himoyachisi Joao Gomes faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

"Talksport" ma'lumotiga ko'ra, Madriddning "Atletiko" klubi braziliyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko'ra, ehtimoliy transfer qiymati 46 million yevro atrofida baholanmoqda.

"Matraschilar" 25 yoshli havbekni Diego Simeone jamoasining markaziy chizig'ida muhim figura sifatida ko'rmoqda.

Joao Gomes joriy Angliya Premier-ligasi mavsumida 31 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U bir gol va bir assist qayd etgan. Shuningdek, yarim himoyachi to'qqizta sariq kartochka olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!