"Atletiko" "Chelsi" futbolchisini Ispaniyaga olib kelmoqchi
"Atletiko" klubi "Chelsi" futbolchisini qo‘lga kiritishga qiziqish bildirmoqda.
"As" nashri xabar berishicha, Madrid klubi bozorni o‘rganib, chap qanot himoyachisi izlamoqda va Mark Kukurelyani sotib olishni istaydi. Ammo London klubi o‘yinchini sotishni rejalamaydi.
"Atletiko" eʼtibor qaratgan boshqa futbolchilar ro‘yxatida "Espan’ol"da ijarada o‘ynayotgan "Vilyarreal"dan Karlos Romero, "Sporting"dan Maksimiliano Arauho, "Ayntraxt"dan Nataniyel Braun va "Bryugge'dan Xoakin Seys ham bor. Shunga qaramay, asosiy maqsad Kukurelya hisoblanadi.
Joriy mavsum APLda "Chelsi" futbolchisi 27 ta o‘yin o‘tkazdi, 1 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.
Fikrlar