"Atletiko" endi er sotib daromad qilmoqda

  • 19 iyul, 2019, 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Atletiko” klubi o‘zining eski stadioni hisoblangan “Visente Kalderon” xududida joylashgan 2ta er maydonini naqd 100 million evroga sotdi.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra ushbu erni sotib olgan investorlar 340 ta uy qurishni rejalashtirishgan. Ta’kidlash kerakki, “matraschilar” tez orada stadion xududida joylashgan 3-er maydonini ham sotishni rejalashtirishgan. Bu ularga 80 mln evro foyda keltirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “Visente Kalderon”  51 yil (1966 – 2017) davomida “Atletiko”ning uy stadioni hisoblangan. Madridliklar 2017/18 mavsumdan boshlab yangi qurilgan “Vanda Metropolitano” stadionida to‘p surib kelishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!