
"Atletiko" Eriksenni sotib olishdan umidini uzmayapti
"Atletiko" Madrid hamon "Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksenni sotib olish fikridan qaytmayapti.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “matraschilar” 27 yoshli daniyalik futbolchini qishki transferlar davrida sotib olishmoqchi. Aytish lozimki, Eriksenning “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilning yoziga qadar imzolangan. Shu bois “Atletiko” uni arzonroqqa sotib olishi mumkin.
Unga shuningdek "Yuventus", "Inter" va "Manchester Yunayted" klublari da’vogarlik qilishmoqda.
Ma’lumot uchun, Eriksen “Tottenxem” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 281ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 67ta gol hamda 86ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar