"Atletiko" futbolchisi uchun "Yuventus" ham kurashga qo‘shildi

  • 02.06.2020 15:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Atletiko" Madrid klubi markaziy himoyachisi Stefan Savich faoliyatini davom ettirish uchun ayni damda 3 ta variantga ega.

Xabarlarga qaraganda, 29 yoshli chernogoriyalik futbolchi uchun "Tottenxem" va "Monako"ning ortidan "Yuventus" ham kurashga qo‘shilgan.

Savich joriy mavsum “Atletiko” safida 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Uning transferi esa 25,5 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!