"Атлетико" "Kamp Nou"da tarixiy natija qayd etdi

  • 09.04.2026 04:09
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Yevropa Chempionlar ligasining chorak finali doirasida "Atletiko" klubi "Barselona"ni "Kamp Nou"da 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Bu madridliklarning 2006 yildan beri kataloniyaliklar stadionidagi ilk g‘albasi hisoblanadi.  O‘shanda "matraschilar" Ispaniya chempionati doirasida 3:1 hisobida g‘alaba qo‘zongan, o‘yinda Fernando Torres dubly qayd etgan edi.

Shu vaqtdan beri jamoalar "Kamp Nou"da 26 marta to‘qnash kelgan va "Atletiko" birorta ham g‘alaba qo‘zona olmagan.

Qayd etish joiz, 2024 yilda Diego Simeone shogirdlari "ko‘k-anorranglilar"ni  safarda mag‘lub etgan, biroq ushbu o‘yin "Monjuik" stadionida bo‘lib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!