"Атлетико" prezidenti Simeone nima uchun ko‘p yillar davomida jamoani boshqarayotgani haqida gapirdi

  • 08.01.2026 23:31
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Atletiko" prezidenti Enrique Sereso Diego Simeonening klubdagi ko‘p yillik faoliyati haqida fikr bildirdi.

"Matraschilar" rahbaridan nima uchun "Real"da 9 nafar murabbiy almashgan (Anchelotti va Zidan klubda ikki martadan ishlagani uchun 7 nafar hisoblanadi), "Atletiko"da esa doim bir murabbiy ishlayotgani so‘raldi.

— Bizda bitta murabbiy bor, chunki u juda yaxshi. U o‘z ishini a’lo darajada bajaryapti, bizga sovrinlar va g‘alabalar olib kelyapti. Eng muhimi esa — biz aynan shunday bo‘lishini istaymiz, — dedi Sereso.

Diego Simeone "Atletiko"ni 2011 yil dekabr oyida qabul qilib olgan. U madridliklar bilan ikki marta Yevropa ligasi va La Ligada g‘alaba qozongan, shuningdek, ikki bor Chempionlar ligasi finaliga chiqqan.

Simeone "Atletiko"da ishlagan davrda "Real"ni quyidagi murabbiylar boshqargan: Joze Mourinyo, Karlo Anchelotti (ikki marta), Rafael Benites, Zinedin Zidan (ikki marta), Xulen Lopetegi, Santyago Solari va Xabi Alonso.

Bugun "Atletiko" va "Real" Ispaniya Superkubogining yarim finalida to‘qnash keladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00'da boshlanadi. G‘alaba qozongan jamoa finalda "Barselona"ga qarshi o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!