"Atletiko" "Real"ning Alvares bo‘yicha taklifiga keskin javob qaytardi

  • 09.06.2026 23:22
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Atletiko" Xulian Alvarez uchun "Real" tomonidan berilgan 150 million evrolik taklifdan keyin rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Madridliklar bayonotida raqib klubni hazilomuz tarzda tanqid qildi.

1. Siz Papaning "Atletiko" muxlisi ekanini aytgan videosini qisqartirib qo‘ygansiz.

2. Odob-axloq bilan minnatdorchilikni adashtirib yuborgan ko‘rinasiz. Hech qanday shubha qolmasligi uchun aytamiz: sizga hech narsa uchun rahmat aytmaymiz.

3. Biz Xulian Alvarez bo‘yicha hech qanday taklifni ko‘rib chiqmayapmiz va muhokama ham qilmayapmiz.

4. Qanday qilib munosabatlarimiz yomon bo‘lishi mumkin? Axir siz bizni "Barselona"dan ham ko‘proq kuldirasiz, — deyiladi bayonotda.

Shu tariqa, "Atletiko" rahbariyati argentinalik hujumchini sotish niyati yo‘qligini yana bir bor ochiqchasiga ma’lum qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!