«Atletiko» stadioni doʻkonida Alʼvares futbolkalari sotilmayapti
«Atletiko» klubining stadionda joylashgan rasmiy do‘konida hozircha hujumchi Xulian Al’vares familiyasi tushirilgan birorta futbolka sotuvda yo‘q.
Bu haqida The Touchline nashri xabar berdi. Ayni paytda argentinalik forvard atrofidagi so‘nggi haftalarda yuz bergan voqealardan keyin ushbu holat muxlislar e’tiborini tortdi. Yozgi transfer oynasi davomida Al’vares «Atletiko»ni tark etish imkoniyatini ko‘rib chiqqan, ammo Madrid klubi uni «Barselona»ga qo‘yib yuborishdan bosh tortgan. Londonning «Arsenal» jamoasi variantini esa futbolchining o‘zi ma’qul deb topmagan.
Shuningdek, jamoa bosh murabbiyi Diego Simeone avvalroq bergan bayonotida ertaga, 5 sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan «Atletik»ga qarshi o‘yinda Xulian Al’varesga ishonch bildirishini ma’lum qilgan edi.

Fikrlar