Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Атлетико" tanlagan hujumchi zo'r chiqib qoldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Simeone uni olib qoladi

«Atletiko» Madrid rahbariyati «Yuventus»ga tegishli hujumchi Jonatan Devidning transfer huquqini to‘liq sotib olish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, madriddliklar futbolchini to‘liq sotib olish variantini jiddiy o‘rganа boshlagan. Aytilishicha, ehtimoliy bitim qiymati taxminan 25 million yevro atrofida bo‘lishi mumkin. Mablag‘ to‘lovi esa to‘rt yil davomida qismlarga bo‘lib amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Hozircha «Atletiko» Devidning maoshining taxminan 60 foizini qoplamoqda, qolgan qismini esa «Yuventus» to‘lab beryapti. «Matraschilar»ning yakuniy qarori yaqin kunlarda ma’lum bo‘lishi kutilmoqda.

Joriy mavsumda 26 yoshli Jonatan Devid «Atletiko» safida sakkiz o‘yin o‘tkazib, uch bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi va ikki golli uzatma muallifiga aylandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q