"Atletiko" Xitoy klubidan olgan futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Atletiko" Madrid Xitoyning "Dalyan Ifan" klubi yarim himoyachisi Yannik Ferreyra Karraskoni tarkibda olib qolmoqchi.
Mundo Deportivo nashrining yozishicha, “matraschilar” 26 yoshli belgiyalik futbolchining ijara muddatini yana bir mavsumga uzaytirishmoqchi. Bu borada allaqachon muzokaralar boshlab yuborilgan.
Karrasko “Atletiko” safiga joriy yilning yanvarida kelib qo‘shilgan edi. Uning xitoyliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilning 31 dekabriga qadar imzolangan.
Fikrlar