"Atletiko"ga qarshi bahs oldidan "Liverpul"ning muhim futbolchisi safga qaytdi
"Liverpul" yarim himoyachisi Fabino tarkibga qaytdi.
Ma’lum bo‘lishicha, braziliyalik futbolchi tizzasidan olgan jarohatini tiklab, jamoaviy mashg‘ulotlarga kelib qo‘shilgan. U Chempionlar ligasi 4-turi doiraisdagi "Atletiko"ga qarshi bellashuvda ishtirok etishi mumkin.
28 yoshli futbolchi joriy mavsum mersisaydliklar safida 9 uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 1 tadan gol va assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan. "Qizillar" 22 ochko bilan APLda 2-pog‘onani band etib turibdi.
"Liverpul" hamda "Atletiko" Madrid o‘yini 4 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 01:00da start oladi.



Fikrlar