Avazbek Xolmirzaev ajoyib tarzda g‘alaba qozondi
Kuni kecha Tailandning Bangkok shahrida "ONE Fight Night 37" turniri bo‘lib o‘tdi.
E’tiborlisi, unda hamyurtimiz Avazbek “Nindzya” Xolmirzaev janubiy afrikalik mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan Villi Ruyenga qarshi oktagonga ko‘tarilib, 1-raunddayoq sabmishn evaziga zafar quchdi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng, Xolmirzaev rekordini 14-2 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.
Fikrlar