
Avstraliya bosh murabbiyi: "Musobaqa O‘zbekistonda bo‘lishini bilganimda, eng birinchi navbatda muxlislar yodimga keldi"
20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi guruh bosqich o‘yinlari yakuniga etdi. Ertaga chorak final bahslariga start beriladi. Bellashuvlar oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida Avstraliya jamoasi bosh murabbiyi Trevor Morgan ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Juda ajoyib guruh bosqichi bo‘ldi. Oldinda kutib turgan o‘yinni intiqlik bilan kutyapman. Osiyoda raqiblar tobora o‘sib borishmoqda. Ularning darajasi ancha yuqori. Oson bellashuv bo‘lmaydi. Biz bunga har tomonlama tayyormiz.
Musobaqa O‘zbekistonda bo‘lishini bilganimda, eng birinchi navbatda muxlislar yodimga keldi. Ular ajoyib tarzda jamoalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Ammo bu bizga muammo tug‘dirmaydi.
Ertaga hammasini bilib olamiz. Biroq shuni ayta olamanki, raqibga nisbatan jiddiy tayyorgarlik olib bormoqdamiz. O‘zbekiston oson raqiblardan hisoblanmaydi", - dedi mutaxassis.
Fikrlar