Avtohalokatda Entoni Joshuaning ikki murabbiyi vafot etdi

  • 30.12.2025 10:58
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Avvalroq, Lagos - Ibadan trassasida taniqli charm qo‘lqop ustasi Entoni Joshuа o‘tirgan avtomobil yuk mashinasiga urilishi oqibatida avariya sodir bo‘lgani, natijada ikki kishi dunyodan o‘tgani va Entonining o‘zi engil jarohatlar bilan qutulib qolgani ma’lum qilinganidi.

Bugun avtohalokatda halok bo‘lgan shahslarning kimligi ochiqlandi.

Sports Illustrated nashrining xabar berishicha, britaniyalik bokschining jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyi Sina Gami va shaxsiy murabbiyi Robert Lats bu dunyoni tark etgan.

Eslatib o‘tamiz, Joshuа o‘zining so‘nggi jangida professional bokschiga aylangan bloger Jeyk Polni 6-raundda nokautga uchratgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!