Avtohalokatda vafot etgan murabbiylarning jasadi Londonga olib kelindi

  • 03.01.2026 12:50
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Nigeriyada yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lgan murabbiylar – Sina Gami va Kevin Ayodelening jasadlari Buyuk Britaniyaning London shahriga olib kelindi. Bu haqida "Boxing King Media" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Taxminlarga ko‘ra, dafn marosimi yaqin ikki kun ichida Londonda bo‘lib o‘tishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ushbu mudhish avtohalokatda sobiq jahon chempioni Entoni Joshuа do‘stlari bilan dam olish uchun Nigeriyaga kelganidan so‘ng Lagos - Ibadan trassasida sodir bo‘ldi. Sportchi o‘tirgan "Lexus" yo‘lda turgan yuk mashinasiga borib urilgan. Natijada ikki murabbiy voqea joyida vafot etgan. Joshuа va haydovchi esa mo‘jizaviy tarzda omon qolgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!