"Ayaks" chempionlikni nishonladi. Biroq...
Amsterdamning "Ayaks" klubi kecha "Utrext"ni 4:1 hisobida engdi va chempionlikni nishonladi.
Ular chempionat yakunlanishiga bir tur qolganda eng yaqin ta’qibchisi hisoblangan PSVni 3 ochkoga ortda qoldirishmoqda. Biroq, eyndxovenliklarda ham matematik hisob-kitoblarga ko‘ra chempion bo‘lish imkoniyati saqlanib turibdi. Ammo, buning uchun “Ayaks” so‘nggi turda mag‘lub bo‘lishi va PSV o‘z raqibini 14ta gol farqi bilan mag‘lubiyatga uchratishi lozim. Bu esa amalga oshishi deyarli imkonsiz narsa. Shu bois ham amsterdamlik futbolchilar kechagi bahsdan so‘ng chempionlikni nishonlashdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Ayaks” Gollandiya kubogini ham qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar