"Ayaks" futbolchisi Madridga yo‘l olishi mumkin

"Atletiko" "Ayaks" himoyachisi Nikolas Talyafikoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, deya yozmoqda Ispaniyaning "Fijaches" nashri.

Manbaning ma’lum qilishicha, madridliklar yozgi transfer vaqtida argentinalik futbolchini xarid qilishga urinib ko‘radi. "Transfermarkt" portali 29 yoshli Nikolasni 18 million evroga baholamoqda. 

Talyafikoning Amsterdam klubi bilan amaldagi kelishuvi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. U joriy mavsum 7ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!