Ayni damda ikki eng yaxshi MMA ustasi kim?
UFC shon-shuhrat zali a’zosi, ikki karra sobiq chempion Daniel Kormye ikki eng yaxshi MMA ustasiları kimligini aytdi.
"Arman Tsarukyan faol bo‘lish uchun zarur bo‘lgan hamma narsani qilyapti, deb hisoblayman. Bu yigit juda kuchli va jismonan ancha baquvvat. O‘ylashimcha, Iliya Topuriya ham aynan shunday. Mazkur ikki jangchi ayni damda MMAdagi eng yaxshi sportchilar! Ular qachondir oktagonda to‘qnash kelishlari kerak", - dedi amerikalik.
Avvalroq, Topuriya oilaviy muammolar sabab 2026 yilning yarmigacha chempionlik kamarini himoya qilmasligini xabar bergandi.
Fikrlar